
Ishonchli va bardoshli sement
Biz barqaror qurilish va iqtisodiy o‘sish uchun asos bo‘ladigan ishonchli va yuqori sifatli sement ishlab chiqarishga intilamiz.

Qadriyatlar
Sifat
Biz ishlab chiqarishni qat'iy nazorat qilamiz va barcha standart hamda talablarni bajarishni ta'minlaymiz
Ishonchlilik
Bizning sement eng yuqori yuklamalarga bardosh beradi va qurilish konstruktsiyalarining mustahkamligini kafolatlaydi
Innovatsiyalar
Zamonaviy texnologiyalarni joriy qilamiz va ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtiramiz
Mas'uliyat
Ekologik me'yorlarga rioya qilamiz va atrof-muhitga ta'sirni minimal darajaga tushiramiz
Hamkorlik
Mijozlar va hamkorlar bilan shaffof va foydali shartlar asosida uzoq muddatli munosabatlar o'rnatamiz
Biz haqimizda

"Samarqand Afrosiab Cement" — bu xalqaro standartlarga javob beradigan yuqori sifatli sement ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zamonaviy korxona. Qurilish obyektlarining mustahkamligi va uzoq umrini ta’minlash uchun ilg‘or texnologiyalar va innovatsion yechimlardan foydalanamiz.
Bizning zavodimiz Samarqand viloyatida joylashgan bo‘lib, mintaqada va butun mamlakatda sement sanoati rivojiga muhim hissa qo‘shmoqda. Ishlab chiqarish quvvatlari yuqori mustahkamlikka, tashqi ta’sirlarga chidamlilikka va optimal texnik xususiyatlarga ega sement ishlab chiqarish imkonini beradi, bu esa mahsulotimizni turli qurilish loyihalarida – turar-joy majmualaridan tortib yirik infratuzilma obyektlarigacha talabgir qiladi.
